Haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlari nafaqat o‘zlarining, balki barcha yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligi uchun juda muhimdir. Biroq oqibatini o‘ylamay tezlikni oshirish ko‘pincha ayanchli yakun topadi. Afsuski, O‘zbekistonda ham bunday holatlar talaygina. Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari O‘zbekiston yo‘llarida sodir bo‘lgan avariyalardan fotosuratlarni tarmoqqa joylashtirdi.
Ushbu suratlardagi yo‘l-trasnport hodisalari qachon va qayerda sodir bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q. Suratlar ularni ko‘rgan haydovchilarga yo‘lga chiqqanda eslab, xavfsizlikka yaxshiroq e’tibor berishlari uchun qo‘yilgan deyish mumkin. Suratlar ostiga izoh bergan foydalanuvchilarning aksariyati ham bunday holatlardan to‘g‘ri xulosa chiqarish lozimligini ta’kidlagan.
Izoh (0)