Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Foydalanuvchilar bo‘yicha raqobatda Google “Yandeks”ni ortda qoldirmoqda, deya xabar berdi “Vedomosti.ru” Morgan Stanley tahlilchilariga tayanib. Bank ekspertlari 2012—2014-yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida bunday xulosaga keldi.

Foto: vedomosti.ru

Foto: vedomosti.ru

Ma’lum bo‘lishicha, Google avvalambor, mobil qurilmalar va dasturlar foydalanuvchilari orasida ommabopdir. Bunda kompaniyaga mobil qurilmalar uchun o‘z operatsion tizimi — Android borligi yordam beradi. Rossiyadagi smartfonlarning 70 foizdan oshig‘i Android’da ishlaydi.

“Yandeks”ning obro‘si shaxsiy kompyuter foydalanuvchilari orasida katta bo‘lganiga qaramay, hozirda ular ham Google’ni afzal ko‘rmoqda — bundaylar 83 foizni tashkil etdi. Balki bunda Google’ning Chrome internet-brauzeri rolda o‘ynamoqdadir, deya taxmin etiladi hisobotda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar