Osiyodagi eng yirik internet-kompaniya Alibaba Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi Meizu kompaniyasi aksiyalari minoritar paketini sotib olishga 590 million dollar investitsiya kiritadi, deya xabar bermoqda “RBK”. Shu tariqa, elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi kompaniya o‘zining YunOS operatsion tizimini ilgari surish va millionlab Xitoy telefonlarini qamrab olish niyatida.
Asosan kiyim-kechak va texnika bilan savdo qiluvchi Alibaba o‘zining internetdagi biznesini YunOS hisobiga kengaytirmoqchi.
Ayni paytda Xitoydagi har o‘nta mobil qurilmaning to‘qqiztasi Android operatsion tizimida ishlaydi. Alibaba kapitalizatsiyasi 211 milliard dollarga teng.
Izoh (0)