Bugun, 10-fevral kuni Osiyo qit’asining bir qator stadionlarida Osiyo chempionlari ligasi musobaqasining saralash bahslariga start berildi. Bu haqda “Uff.uz” xabar berdi.
Qarshining “Nasaf” klubi ishtirok etayotgan “D” guruhidan ajratilgan bir o‘rin uchun bir yo‘la uch davlat jamoasi kurash olib boradi. Bugun Quvaytning “Al-Qodisiya” jamoasi o‘z maydonida Iordaniyaning “Al-Vihdat” klubi bilan bahs olib boradi.
Toshkent vaqti bilan soat 20:15 ga belgilangan mazkur bahs bitta uchrashuvdan iborat bo‘lib, u Quvayt shahridagi “Al-Quvayt sports klub” stadionida o‘tkazilmoqda. Ushbu juftlik g‘olibi 17-fevral kuni Saudiya Arabistonida “Al-Ahli” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Jidda shahrida o‘tadigan bahsda g‘olib chiqadigan jamoa Osiyo chempionlar ligasining “D” guruhida bahslarni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, “D” guruhida “Nasaf” bilan birga Eronning “Traktorsozi”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ahli” va pley offda g‘olib chiqqan jamoa kurash olib boradi.
Izoh (0)