“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining tug‘ilgan kuni munosabati bilan ziyofatni qoldira olmadi. Bu haqda futbolchining agenti Jorje Mendesh ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Stadion.uz”.
“Biz kechki ovqatni birga qilish uchun qayergadir borishimiz kerak edi, chunki uyga barcha mehmonlar va ularning oilasiga joy yetmas edi. Mahfiylikka e’tibor berilmasa, hamma narsani videoga olib rolik yasaydiganlar topiladi. Juda jahlim chiqdi. Krishtianu ham g‘azabda.
U hamon dunyodagi eng yaxshi professional bo‘lib qolmoqda. Hammasini oshkor qilmaslikka va’da berganman, ammo kechada 40 nafar bolakay qatnashdi. Krishtianu buni qoldira olmasdi, buning iloji yo‘q edi. Taklif qilinganlar va tashrif buyurganlarga rahmat aytmoqchiman. Bu kecha uning qiz jiyanining tug‘ilgan kuniga ham to‘g‘ri keldi. U mag‘lubiyatdan juda xafa edi, ammo kechani qoldirishning iloji yo‘q edi”, − deydi Mendesh.
Izoh (0)