Namangan shahrida o‘zlariga biriktirilgan hududda patrul xizmatini o‘tayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bir guruh yoshlar nimanidir baland ovozda muhokama qilayotganini sezib qoldi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Har ehtimolga qarshi voqea joyiga yaqinlashgan ichki ishlar organlari xodimlari 20 va 23 yoshli ikki yigit 17 yoshli o‘smirga tahdid qilib, pullarini ularga berishga majburlayotganiga guvoh bo‘ldi.
Vaqtida yetib kelgan militsiya xodimlari ushbu talonchilikning oldini oldi.
Izoh (0)