General Electric kompaniyasi mahsulotlarni saqlashni boshqarish bo‘yich qiziqarli imkoniyatlarni taqdim etuvchi aqlli muzlatgichlar loyihasini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “3dnews.ru”.
Muzlatgichdagi maxsus blokda qolgan sutning miqdori o‘lchab boriladi va uning egasi do‘konda turib ham smartfonidagi ilova orqali uyda qancha sut qolganini bilishi mumkin. Shuningdek, ushbu modul muzlatgichdagi boshqa mahsulotlar miqdorini va ularning saqlanish muddatiga qarab sifatini nazorat qilish imkonini ham beradi.
Muzlatgich ichida sakkizta USB-port mavjud. Smartfonga ma’lumotlarni yetkazish uchun muzlatgichga o‘rnatilgan Wi-Fi va internet bog‘lanishidan foydalaniladi. Shuningdek, maxsus ilovalarni yaratish mumkin. Qurilmada muzlatish darajasini boshqarish va boshqa vazifalarni bajarish bilan bog‘liq aqlli jihatlar ko‘pligi qayd etilgan.
Izoh (0)