7-yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida sodir etilgan bir nechta portlash oqibatida 37 kishi halok bo‘ldi, 86 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Bag‘dod sharqida terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida 22 kishi halok bo‘lib, kamida 45 kishi jarohat olgan. Shahar markazida joylashgan bozozrdagi portlash tufayli esa 11 kishi halok bo‘lib, 26 kishi jarohat olgan.
Uchinchi bomba Iroq poytaxtining janubi-g‘arbida portlagan va oqibatda 15 kishiga zarar yetgan. Hujumlar uchun javobgarlikni hozircha hech kim o‘z bo‘yniga olmagan.
Izoh (0)