Xitoyda 1-martdan boshlab “Putin”, “Obama” va davlat tashkilotlari, OAV, shuningdek taniqli insonlar va rasmiy shaxslar nomlarini olgan yolg‘on foydalanuvchilar taqiqlanadi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Ushbu choralar mamlakat kiberhududida tozalikni ta’minlash kampaniyasi doirasida amalga oshirilmoada. Qayd etilishicha, Xitoyda internet foydalanuvchilari juda ko‘p va ularning ayrimlari yolg‘on niklardan foydalanib turli mish-mishlar tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Xitoy kiberhududi nazorati qo‘mitasi ushbu xaosga chek qo‘ymoqchi.
Yangi qoidalarga binoan, endi foydalanuvchilar nik sifatida ro‘yxatga o‘tish vaqtida keltirilgan ismlarini ko‘rsatishlari lozim. Shuningdek, davlat xavfsizligiga ziyon yetkazuvchi va konstitutsiya me’yorlarini buzuvchi avatarlardan foydalanishga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Yangi talablarni bajarmagan foydalanuvchilar bloklab qo‘yiladi.
Izoh (0)