Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini o‘tkazayotgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi yig‘indan o‘rin olgan navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Sergey Lushan shogirdlari Qozog‘iston chempioni “Ostona”ga qarshi kechgan o‘yinda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bolgariyalik mutaxassis Stanimir Stoylov shogirdlari tomonidan kiritilgan yagona gol 86-daqiqada Toxtar Jangilishbay hisobiga yozildi. U jamoadoshi Dmitriy Shomkoning uzatgan to‘pini darvozaga joyladi.
Rejaga ko‘ra, “qaldirg‘ochlar” navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini 6-fevral kuni Xitoyning “Changchun Yatai” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)