AQShning Texas shtatidagi Labbok shahrida bir dvigatelli Piper PA-4 samolyoti halokatga uchradi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Havo kemasi Preston aeroportiga qo‘nish uchun kirayotib teleminoraga to‘qnashib ketgan. Samolyot Karlsbad shahridan uchib kelgan.
Halokat oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, uning jasadi samolyot bo‘laklari orasidan topilgan. Telestudiya xodimlarining hech biri jabr ko‘rmagan, biroq bino evakuatsiya qilingan. Teleminoraga ham kuchli zarar yetgan.
Izoh (0)