Ikki nafar terrorchi ayol Gomba shahrida Nigeriya prezidenti Gudlak Jonatan nutq so‘zlagan joy yaqinida o‘zini portlatib yubordi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Qidiruv-qutqaruv xizmati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, topilgan ikki ayol jasadi ushbu portlashni uyushtirgan terrorchilar ekanligi taxmin qilinmoqda. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida kamida 18 kishi jabrlanib, shifoxonaga olib borilgan.
Qayd etilishicha, kuchli portlash Jonatan o‘zining saylovoldi kampaniyasi doirasida nutq so‘zlagan stadion yaqinida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)