2014-yil O‘zbekistonda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalariga keng jalb qilish, ularning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq loyihalarini moliyalashtirishga 201 milliard so‘m (2013-yilga nisbatan 1,4 barobarga ko‘p) kredit mablag‘lari yo‘naltirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy saytida xabar berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-iyundagi 175-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi huzurida tashkil etilgan Investitsiya loyihalari bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan 2014 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning 33 tasi ma’qullanib, mazkur investitsiya loyihalari bo‘yicha tegishli hujjatlar ishlab chiqarilishi moliyalashtirildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining 105 ta loyihasi doirasida tijorat banklari tomonidan 49,3 milliard so‘m miqdorida kreditlar ajratildi.
Izoh (0)