Buxoro viloyatida muqaddam uch marta qonunni buzgani uchun tegishli jazo olgan ayol keksalikda ham qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmadi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Bir kuni u nevarasiga kiyim sotib olish maqsadida G‘ijduvon bozoriga yo‘l oldi. Har safar xaridor ayollarning pul solingan sumkalarini ko‘rganda, avvalgi odatlari esiga tushdi, biroq nevarasining oldida nojo‘ya harakat qilolmadi. Tushlik qilgani kirishganda ayol baribir chiday olmadi. Nevarasini shu yerda qoldirib, o‘zi bozorga kirib ketdi.
Uning e’tiborini bir xaridor ayolning katta sumkasi tortdi. Yon-atrofga qarab olib, sumkaga qo‘lini tiqdi va u yerdan minglab pullarni topdi. Biroq uni xaridor ayolning qizi ko‘rib qoldi va onasini bundan xabardor qildi. Jabrlanuvchi esa “O‘g‘rini ushlang!” deya keksa ayol sari yuzlandi. Kimdir hodisa haqida profilaktika inspektoriga xabar qildi va u tezda voqea joyiga yetib keldi. Natijada ulug‘ yoshda o‘g‘rilikka qo‘l urgan ayol qo‘lga olindi.
Izoh (0)