Hindistondagi eng yirik o‘quv muassasalaridan biri — Dehlidagi Javoharlal Neru nomli universitetda milliy taomlar bo‘yicha an’anaviy xalqaro talabalar festivali bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
Unda Fransiya, Niderlandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Indoneziya, Suriya, Afg‘oniston, Falastin, Bangladesh, Nepal, Tailand, Shri-Lanka, Turkmaniston va boshqa mamlakatlik talabalar qatnashdi.
O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi hamkorligida taomlar bayramida mamlakatimiz ham ishtirok etdi. Mehmonlar palov, manti, lag‘mon, somsa, chuchvara, sho‘rva va kabobni tatib ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, chak-chak, holvaytar, parvarda va meva-sabzavotlar tortildi.
Izoh (0)