Toshkent shahrida svetofor o‘rnatish uchun qazilgan chuqur sabab yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kun.uz”.
“Poytaxt transporti” gazetasi xabariga ko‘ra, 17-yanvar kuni soat 8:40 da Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol ko‘chasi tomon ketayotgan Isuzu avtobusi chorrahada svetofor qurilmasini o‘rnatish uchun qazilgan chuqurga orqa g‘ildiragi bilan tushib ketgan.
“Natijada avtobusning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan”, – deyiladi gazeta xabarida.
Izoh (0)