Toshkent viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan “Ayollar maslahat markazi”ning Zangiota tumani filiali ish boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda ta’lim va tibbiyot sohalari mas’ullari, bir qator tashkilot va muassasalar vakillari, faol xotin-qizlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
“Ayollar maslahat markazi”da xotin-qizlarning ijtimoiy-madaniy hayotda to‘laqonli ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashiladi, bu borada amaliy yordam ko‘rsatilib, zarur tavsiyalar beriladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu xizmatlar bepul bajariladi.
Izoh (0)