Intellektual mulk agentligida 2014-yil faoliyati yakunlari va 2015-yildagi vazifalarga bag‘ishlangan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Agentlikning rasmiy saytida xabar berildi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2014-yil uchun belgilab berilgan ustuvor vazifalarning bajarilishi, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Agentlikning ish rejalari ijrosi ko‘rib chiqildi.
Agentlik tomonidan 2014-yil davomida bajarilgan ishlar hajmi 20,9 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yil davriga nisbatan 14,2 foizga o‘sganligini ko‘rsatdi. Yil davomida jami 1,2 milliard so‘mga teng xizmatlar ko‘rsatildi, 2013-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 84,3 foizni tashkil etdi.
Agentlik tomonidan intellektual mulk obyektlariga 6380 talabnoma qabul qilindi, o‘tgan yilgi shu davr bilan qiyoslaganda o‘sish 3,9 foiz tashkil etdi. Shu jumladan, ixtirolarga 568 ta (o‘sish 2,0 foiz), foydali modellarga 173 ta (o‘tgan yil ko‘rsatkichida), sanoat namunalariga 193 ta (o‘sish 10,9 foiz), tovar belgilariga 5168 ta (o‘sish 1,4 foiz), EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga 249 (o‘sish 111 foiz), seleksiya yutuqlariga 29 ta (o‘sish 38,1 foiz) talabnoma qabul qilindi.
Intellektual mulk obyektlariga 6 201 (5 549) ta talabnoma bo‘yicha davlat ekspertizasi o‘tkazildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 11,7 foizni tashkil etdi. Davlat reyestrlarida 2 257 (2 386) ta intellektual mulk obyektlari ro‘yxatidan o‘tkazildi (kamayish 5,4 foiz). 2 618 (1 956) ta muhofaza hujjatlarining amal qilish muddatlarini uzaytirish va kuchda saqlab turish to‘g‘risidagi rasmiy iltimosnomalar qanoatlantirildi, o‘sish 33,8 foizni tashkil etdi.
Izoh (0)