Isroil qo‘shini barcha frontlarda kuch ishlatishga tayyor. Bunday bayonot bilan Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo sektori yaqinida joylashgan Sderot shahridagi marosimda so‘zga chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
28-yanvar, chorshanba kuni Livan chegarasiga yaqin joyda Isroil qo‘shini mashinalari yaqinida tankka qarshi raketa portlatildi. 27-yanvar, seshanba kuni esa Suriya hududidan Isroilning shimoliy tumanlariga ikkita raketa otildi.
“Ayni paytda Isroil qo‘shinlari shimoldagi voqealarga javob qaytarmoqda. Shimoliy chegarada bizga tahdid qilishga urinadiganlarga bu yerda, Sderot yaqini – G‘azo sektorida nima sodir bo‘lganlarini eslashni maslahat beraman”, – dedi Netanyaxu. “HAMAS tashkil topganidan buyon jiddiy zarba oldi. Bizning qo‘shin esa barcha frontlarda kuch bilan harakat qilishga tayyor”, – deb ta’kidladi u.
Izoh (0)