Shotlandiyaning Edinburg shahrida joylashgan hayvonot bog‘i xodimlari kutilmagan vaziyatlarni suratga olish uchun ba’zi qafaslarga kamera o‘rnatib chiqdi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.
Kameralar hayvonlar tegishi bilan ishlaydigan qilib o‘rnatilgan. Natijada ko‘plab hayratomuz suratlar olingan. Ayniqsa, koala va pingvin selfiga ishqiboz chiqib qolgani qayd etilgan.
We were happy to help @HTC_UK launch their #REbyHTC cameras. Here are some of our favourite #animalselfies. pic.twitter.com/CGIznvwHPu
— Edinburgh Zoo (@EdinburghZoo) January 26, 2015
Jonivorlarning selfilari ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketgan. Ko‘pchilik suratlarni ajoyib deb baholagan. Ba’zilar esa ko‘proq suratlar qo‘yilishini so‘ragan. Ayrim foydalanuvchilar esa kinoya bilan Shotlandiyada Edinburg hayvonot bog‘idan boshqa gaplashadigan mavzu qolmaganini qayd etgan.
Izoh (0)