Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar boshqarmasiga shu tumanda yashovchi ayol eri yo‘qolib qolgani haqida ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Na p0stu” gazetasi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, uning 1979-yilda tug‘ilgan eri ikki kun oldin o‘zining Matiz rusumli avtomobilida uydan chiqib ketgan va shundan beri undan xabar bo‘lmagan. Ayol mashina o‘g‘irlab yoki eri o‘ldirilib ketilgan bo‘lishi mumkin deb o‘ylab xavotir olgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tez orada yo‘qolgan erni Mirzo Ulug‘bek tumani hududidan sog‘ va hech bir ziyon yetmagan holda topishdi. Erkak o‘tgan vaqt ichida qayerda bo‘lgani va nega qo‘ng‘iroq qilmagani ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)