Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Muqimjon Oripov o‘z tomorqasida qovoqning “Kukurbita maksima” hamda “Atlant gigant” kabi turlarini o‘stirdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz” “Darakchi” nashriga tayanib.
U yetishtirgan “Kukurbita maksima”ning balandligi 75 santimetr, aylanasi esa bir yarim metrdan ortiq bo‘ldi. Og‘irligi 60 kilogrammdan ziyod. “Atlant gigant”ning bo‘yi bir muncha past bo‘lsa-da, og‘irligi 50 kilogrammdan ko‘proq.
“Darakchi” nashriga xabar bergan samarqandlik Isomiddin Po‘latovning aytishicha, Muqimjon Oripov bir necha yildan buyon O‘zbekiston iqlimiga xos bo‘lmagan gul, daraxt va poliz ekinlarini parvarishlaydi.
Izoh (0)