2015-yilning 26-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
TIV rahbari Elchi Abdulrahmon al-Shayaga Islomning Ikki Muqaddas Masjidi Xodimi, Saudiya Arabistoni Podishohi Abdulla bin Abdulaziz Ol Saud vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
Elchi Prezident I.A.Karimovning Saudiya Arabistoni Podishohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud nomiga yo‘llagan maktubida dalda va hamdardlik bildirganligi uchun o‘zining samimiy minnatdorchiligini izhor etdi.
Izoh (0)