Sport buyumlarini ishlab chiqaruvchi Adidas kompaniyasi Rockport oyoq kiyimlar brendini 280 million dollarga sotganini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Rockport brendiga endilikda Berkshire Partners investitsiya kompaniyasi va sport oyoq kiyimlarini ishlab chiqaruvchi New Balance egalik qiladi. Nemis kompaniyasi bayonotida aytilishicha, Adidas bor e’tiborini o‘zining asosiy yo‘nalishi bo‘lgan sport buyumlarini ishlab chiqarishga qaratadi.
2014-yil yakunlari bo‘yicha Adidas kompaniyasi Rockport sotilishidan kelgan 280 million dollar va rubl qadrsizlanishi oqibatida yo‘qotilgan 80 million yevro hisobga olinmaganda 650 million yevro sof foyda qildi. Rockport sotilishi yana mablag‘ yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi ham qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, Amerikaning Rockport brendi Adidas kompaniyasiga 2006-yilda sotib olingan Germaniyaning Reebok kompaniyasi bilan birgalikda o‘tgan. Rockport ayollar va erkaklar uchun kundalik oyoq kiyimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Izoh (0)