“Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘ining ishlashida uzilish yuz berdi. Bu haqida kompaniya matbuot kotibi Georgiy Lobushkin 24-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:57 da o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Avvalroq Lobushkin “Vkontakte” sayti ishlamay qolganini ma’lum qilgan. “Biz hozirda bunima uchun sodir bo‘lganini aniqlash uchun bor kuchimizni tashlaganmiz. Aloqada qoling”, − deb yozdi u.
Hozirda sayt yana normal rejimda ishlamoqda. Shundan keyin ijtimoiy tarmoq ishlashida uzilishlar kuzatilmagan.
Izoh (0)