Yaman prezidenti Abd Rabbu Mansur Xadi 21-yanvar kuni hukumat va Xuti shialar harakati vakillari orasida kelishuvga erishilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Prezident saroyida qo‘zg‘olonchilar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida yangi konstitutsiya loyihasiga shialar Yamanda istalgan davlat lavozimini egallashi mumkinligi to‘g‘risidagi o‘zgartirish kiritishga kelishilgan.
Xuti harakati vakillari esa o‘z qo‘shinlarini prezident saroyi va boshqa davlat muassasalari hududidan olib chiqishga rozi bo‘lgan. Shuningdek, ular asirga olingan prezident ma’muriyati rahbari Ahmad Avad bin Muborakni ham ozod qilish majburiyatini olgan.
Izoh (0)