Uztelecom aloqa operatori 2015-yil 20-yanvardan butun O‘zbekiston bo‘yicha yagona aloqa raqamini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.
“Call-centre yagona xizmatiga tezkor qo‘ng‘iroq qilish sharoitini yaratish maqsadida 2015-yil 20-yanvardan butun Respublika bo‘yicha yagona 1084 raqamlari amal qiladi. Operatorga ulanish uchun istalgan raqamdan 1084ni terish zarur”, − deyiladi xabarda.
Izoh (0)