Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eronning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lishi masalasi ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: thenextweb.com

Foto: thenextweb.com

“Eron ShHTga a’zo bo‘lishni so‘rab murojaat qilgan. Menimcha bu bemalol yuz berishi mumkin, ayniqsa Eron yadro dasturi bilan bog‘liq jarayon hal etilgan taqdirda. Zotan, ShHTga a’zo bo‘lish uchun nomzod davlatga BMT tomonidan hech qanday sanksiya amalda bo‘lmasligi lozim”, − dedi Lavrov.

Shuningdek, u ShHTning to‘laqonli a’zoligiga qabul qilinish uchun birinchi navbatda Hindiston va Pokistonning arizalari ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, buning uchun tashkilot a’zolari o‘rtasidagi konsensus yetarli bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Vafotidan keyin taqdirlangan Tupak Shakur, Isroil armiyasiga tosh otayotgan falastinlik, pichoqlangan bolalar — 8-iyun suratlari
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Dunyo
BMT Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari uchun Isroilni aybdor deb topdi