Samarqand shahar “Yoshlar markazi” binosi oldida ketayotgan jomboylik va urgutlik ikki qizning yo‘lini kutilmaganda notanish yigit to‘sib chiqdi, deb xabar bermoqda “Postda” gazetasi.
Noma’lum kimsa qizlarni qo‘rqitib, uyali telefonlarini tortib oladi va voqea joyidan yashirinadi.
Holat yuzasidan xabar topgan ichki ishlar idoralari xodimlari zo‘ravonni ushlash choralarini ko‘rishdi. Soha xodimlarining sa’y-harakatlari bilan talonchi qo‘lga olindi.
Izoh (0)