Urugvayning sobiq prezidenti Xose Muxika bir yo‘lovchini o‘z mashinasida prezident saroyigacha olib borib qo‘ydi, deb xabar berdi “Kun.uz” El Observador nashriga tayanib.
Urugvaylik oddiy fuqaro Gerxald Akostaning ta’kidlashicha, u 5-yanvar kuni mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida yo‘l ustida mashina to‘xtatayotganida uning yonidan 30 ga yaqin mashina to‘xtamay o‘tib ketganidan so‘ng, oxiri bir miniven kelib to‘xtagan.
“Mashina haydovchisi meni mamlakat prezidenti saroyigacha olib borib qo‘ya olishini aytdi”, — dedi Akosta bu voqeani eslab. Uning so‘zlariga ko‘ra, u mashinada o‘tirgan erkak va ayolni boshida tanimagan.
“Mashinaga o‘tirganimdan keyin men ularni qayerdadir ko‘rganman, deb xayolimdan o‘tkazdim. Men faqatgina safarim oxirida ularni tanib qoldim. Meni shaxsan prezidentning o‘zi mashinasida olib ketganiga hali ham ishona olmayapman”, — dedi Akosta prezident va uning rafiqasi — mamlakat birinchi xonimi Lusii Topolanski haqida gapirarkan.
Ma’lumot uchun, Xose Muxika o‘zining eng kamtarin prezident bo‘lgani bilan dunyoga mashhurdir. Uning prezidentlik muddati 2014-yil oxirida o‘z yakuniga yetgan va navbatdagi saylovlarda Tabare Vaskes g‘alaba qozongan.
U juda odmigina hayot kechiradi, lekin sobiq prezident tasodifiy yo‘lovchini yo‘lda mindirib olib ketgan sevimli minivenini 1 million dollarga ham sotmagan edi.
Izoh (0)