28-yanvar kuni AQShning Filadelfiya shtatida bo‘lib o‘tadigan kim oshdi savdosiga o‘lchami 229x143 santimetrga teng XIX asrda yaratilgan o‘zbek so‘zanasi Freeman’s auksion uyi tomonidan qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Telegraf.uz”.
Uning asosini och rangdagi mato tashkil qilib, qizil rangdagi nozik gulli naqsh bilan tikilgan. Ushbu lotning taxminiy bahosi 2−3 ming AQSh dollariga teng. Bundan tashqari, o‘lchami 280x244 santimetrga teng XX asr so‘zanasi ham taqdim qilingan. Undagi geometriya naqshi qizg‘ish, sariq va to‘q yashil iplarda tikilgan yirik medalonlardan iborat. Mazkur so‘zananing baholangan narxi 1−2 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
Shu bilan birga, savdoga XIX-XX asrlarda tikilgan bir nechta o‘zbek liboslari ham qo‘yilgan. Ular ekspertlar tomonidan 1−1,5 ming AQSh dollariga baholandi.
Kim oshdi savdosining boshqa lotlari orasidan bronza haykalchalari, terrakot idishlar, zargarlik buyumlari, mebel joy olgan bo‘lib, ularning umumiy soni 400 tadan oshadi.
Izoh (0)