Futbol tarixi va statistiakasi halqaro federatsiyasi (IFFHS) 2014-yilning eng yaxshi to‘purarini aniqladi. “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ushbu nomga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi “Stadion.uz”.
Gollarni aniqlashda terma jamoa va klubning xalqaro o‘yinlarida urilgan gollar hisoblandi. Qayd etilishicha, 29 yoshli Ronaldu 2014-yil xalqaro arenada 20 ta gol urgan (13 ta YeChLda, 2ta Yevropa superkubogida va 5 ta Portugaliya termasida).
Qizig‘i, bu nomga o‘tgan yilda ham Ronaldu 25 ta gol bilan erishgan edi. Ikkinchi o‘rin “Barselona” hujumchisi Neymarga nasib etdi (15 ta Braziliya termasida, 4 tasi “Barselona” safida).
Izoh (0)