O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi fevral oyida safarda Eron ayollar olimpiya terma jamoasiga qarshi uchta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Kelishuvga ko‘ra, mazkur o‘yinlar Eron poytaxti Tehron shahrida 8, 10 va 12-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ushbu o‘yinlar O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi uchun mart oyida o‘tkaziladigan Olimpiada — 2016 o‘yinlari saralash bahslariga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.
Saralashning 1-bosqich bahslariga esa 11—15-mart kuni Iordaniya mezbonlik qiladi.
Izoh (0)