Osiyo kubogi “C” guruhi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda BAA terma jamoasi Bahraynga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Uchrashuvning 14-soniyasidayoq Qatarga qarshi o‘yinda dublga erishgan Ali Al Mabhut uchrashuvda hisobni ochdi. Bu gol hozircha Osiyo kubogining eng tezkor goli sifatida qayd etildi.
Shundan so‘ng Bahrayn ham oldinga tashlandi hamda 27-daqiqada o‘zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Jeysi Jon burchakdan oshirib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘limda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi.
Ikkinchi bo‘lim ham teng kurashlar ostida o‘tdi. 75-daqiqaga kelib jarima zarbasidan oshirib berilgan to‘pni Bahrayn futbolchisi Husayn Muhammad o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Ushbu gol amalda BAA termasiga g‘alabani taqdim etdi.
Osiyo kubogi−2015. “C” guruhi
Bahrayn – BAA 1:2
Gol: Jeysi Jon, 27 - Ali Al Mabhut (1), Husayn Muhammad (75 avt.)
Bahrayn: Jaffar, Husayn, Daij, Al Hayyom, Umar, Ja’afar, Dihiya, Ali, AlAish, Jon, Al Malud.
BAA: Nosir, Sanqur, Abbos, Al Kamoliy, Ahmad, Ismoil, Amir Abdulrahmon, Umar Abdulrahmon, Muhammad Abdulrahmon, Ahmad Halil, Ali Mabhut.
Izoh (0)