“Real” jamoasi hujumchisi, uch karra “Oltin to‘p” sohibi Krishtianu Ronaldu navbatdagi Ispaniya kubogi 1/8 finalida “Atletiko” bilan kechadigan javob o‘yinida yangi oltin butsada harakatlanadi. Bu haqda Mirror nashriga tayanib, “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Yangi yasalgan maxsus oyoq kiyimi Ronalduga bu yilgi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgani uchun “Real” jamoasi rahbariyati tomonidan sovg‘a etiladi. Mazkur uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Izoh (0)