O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov kecha, 13-yanvar kuni Avstraliyaning Melburn shahrida katta shlem turkumiga kiruvchi yilning ilk musobaqasi — Australian Open turnirining saralash bahslaridan chiqib ketdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar bermoqda.
Saralash bahslarining 9-raketkasi sifatida qayd etilgan o‘zbekistonlik tennischi ilk bosqichda Buyuk Britaniya tennischisi Liam Broadiga imkoniyatni boy berdi — 4:6, 3:6. Shu tariqa, o‘zbekistonlik tennischi Australian Open’ning asosiy to‘r bahslariga yo‘l ola olmadi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Australian Open’dagi ishtirokini asosiy to‘r bahslarida boshlaydi.
Izoh (0)