Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2014-yil yakunlari bo‘yicha dunyo klublarining yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Undan O‘zbekistonning “Bunyodkor” (329-o‘rin, 68 ball), “Paxtakor” (428-o‘rin, 59 ball) va “Lokomotiv” (483-o‘rin, 54 ball) jamoalari ham o‘rin oldi.
IFFHS reytingini Madridning “Real” jamoasi 381 ochko bilan boshqarmoqda. “Bavariya” (276) va “Atletiko” (267) klublari esa keyingi o‘rinlarda bormoqda.
“Barselona” 251 ball bilan to‘rtinchi, Kolumbiyaning “Atletiko Nasyonal” jamoasi esa 249,5 ochko bilan beshinchi o‘rinda qayd etilgan. Shuningdek, kuchli o‘nlikka “Yuventus” (Italiya), “Arsenal” (Angliya), “Napoli” (Italiya), “River Pleyt” (Argentina) va “Zalsburg” (Avstriya) jamoalari kirgan.
Izoh (0)