Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Parijdagi teraktlarga nisbatan tutgan o‘rni va Yevropadagi aksilislom aktlarini muhokama qilishdan bosh tortgani uchun G‘arbni ikkiyuzlamachilikda aybladi. Bu haqda “Yevropeyskaya Pravda” nashri xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“G‘arbning ikkiyuzlamachiligi ayon. Musulmon bo‘lib, biz hech qachon terror va ommaviy qirg‘inni qo‘llab-quvvatlamaganmiz. Irqchilik, nafrat, islomdan xavfsirash ushbu jinoyatlar ortida turibdi. Bizning masjidlarimizga hujum uyushtirilganida G‘arb choralar ko‘rishi kerak”, — dedi u.

Erdo‘g‘on shuningdek Parijdagi teraktlar Fransiya maxsus xizmatlari terrorchilarni aniqlay olmagani tufayli yuzaga kelganini va ular Fransiya fuqarolari bo‘lganligini ta’kidladi.

“Fransiya fuqarolari qirg‘in uyushtirdi, musulmonlar esa buning uchun ayblandi”, — deya qo‘shib qo‘ydi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi