Kolumbiya terma jamoasi hamda “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Xames Rodrigesning goli FIFA tomonidan 2014-yilning eng yaxshi goli deb topildi. Xamesga vengriyalik afsonaviy hujumchi Ferens Pushkash nomidagi sovrin topshirildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Rodriges ushbu golini 28-iyun kuni JCh-2014 doirasidagi Urugvay terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yinda kiritgandi. Shuningdek, ushbu sovringa Robin van Persi (“Manchester Yunayted”) va Stefani Roch (“Pimaunt Yunayted”, Irlandiya) da’vogarlik qilgandi.
Yilning eng yaxshi golini muxlislar aniqlab berishdi. Ushbu so‘rovda jami 3,3 million muxlis ishtirok etdi. Xames Rodrigesning goli 42 foiz ovoz to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni Roch (33%) egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka van Persi (11%)ning aniq zarbasi yakun yasadi.
Izoh (0)