Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Moskva shahrida shaxmat bo‘yicha T. V. Petrosyan xotirasiga bag‘ishlangan XXIX turnir o‘z yakuniga yetdi. 64 nafar shaxmatchi ishtirok etgan “A” guruhida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari o‘rtasida 2014-yilgi jahon chempioni Javohir Sindorov (2111) ham qatnashdi. Bu haqda “Olamsport.com” xabar bermoqda.

Foto: olamsport.com

Foto: olamsport.com

Eng yosh shaxmatchilardan biri bo‘lgan Javohir so‘nggi 9-turda rossiyalik Anna Sayafarova (1846) bilan hisob-kitob qildi. Qora donalarda harakat qilgan Sindorov yakunda durangga imzo chekdi. To‘qqiz imkoniyatdan 5 ochko jamg‘argan Javohir qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 64 nafar shaxmatchi orasida 17-o‘rin bilan kifoyalandi.

Musobaqa g‘olibligi qo‘shimcha ko‘rchatkichlarga ko‘ra rossiyalik Konstantin Savenkov (2363)ga nasib etdi. U singari 7,5 ochko jamg‘argan yana bir rus shaxmatchisi Ivan Yeleskiy (2315) ikkinchi o‘rinni egalladi. Aleksandr Tarasov (2171) esa 7 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi