O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining birinchi tashkiliy yig‘ilishidagi nutqida ba’zi mamlakatlarda eski sovet davrini qo‘msash kuzatilayotganini qayd etdi.
“Bugungi kunda ba’zi mamlakatlarda eski sovet davrini qo‘msash, o‘sha zamonga qaytish uchun turli urinishlar bo‘lyapti. Ayrim xorijiy telekanallarda Lenin davrini, Stalin davrini, SSSRni ulug‘lash kayfiyatlari kuchayib boryapti. Bunday qarash, bunday yondashuv bizga aslo ma’qul emas. Bizning o‘z aqlimiz, bilim va tajribamiz, xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan yo‘limiz bor. Biz qaramlik va tutqunlikka qaytishga hech qachon rozi bo‘lmaymiz. Ota-bobolarimiz aytganidek, ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi.
Men Konstitutsiyamizning 22-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda bildirgan fikrimni yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman – biz eski tuzumni tiklashga qaratilgan hech qanday ittifoqqa hech qachon kirmaymiz, mustabid sovet davriga aslo qaytmaymiz. Shaxsan men butun hayotimni, butun umrimni xalqimizning ozodligiga, Vatanimiz mustaqilligiga bag‘ishladim va bu yo‘ldan hech qachon qaytmayman”, − dedi Islom Karimov.
Izoh (0)