Samarqand shahri ichki ishlar bo‘limiga shaharda istiqomat qiluvchi fuqarodan Nexia rusumli avtomashinasi o‘g‘irlangani haqida ariza kelib tushdi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning “Na postu” gazetasiga asoslanib, Kun.uz xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida avtomobil texnik soz holatda Samarqand tumanidan topilgan. Bundan tashqari, tezkor-qidiruv ishlari natijasida avtomobilni olib qochgan shaxs ham qisqa muddat ichida qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi 44 yoshli fuqaro “manziliga tezroq yetib olishi kerak bo‘lgani, biroq yo‘lkiraga pul topolmagani sabab” mashinani olib qochganini aytgan.
Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)