Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Uning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Prezident rahnamoligida barcha sohalar qatori adliya tizimida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi. O‘tgan yillarda viloyatning Karmana va Nurota tumanlari, Navoiy va Zarafshon shaharlarida zamonaviy “Baxt uylari” barpo etilgani bunga misoldir.
Qariyb 1,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga qurilgan Qiziltepadagi shunday inshootda ham soha xodimlari va aholi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Bu yerda tashkil etilgan oila dorilfununi nikohdan o‘tuvchi yoshlarni hayotga, oila qurishga tayyorlashga xizmat qiladi.
Shu kuni FHDYo bo‘limida oila qurayotgan yoshlarning ilk nikohi qayd etildi.
Izoh (0)