“Barselona” rahbariyati Luis Enrikening o‘rniga yangi murabbiy izlamoqda, deb xabar beradi “Uff.uz”.
Klub hujumchi Lionel Messining talabiga ko‘ra Frank Raykard bilan bu borada muzokara o‘tkazdi. Raykard o‘z vaqtida “Barselona” bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan. Ammo gollandiyalik mutaxassis kelajagi noma’lum bo‘lgan ishga qo‘l urmasligini aytib o‘tgan. U ham qisqa vaqtdan keyin iste’foga chiqarilishi mumkinligidan xavotir olgan.
Endilikda kataloniyaliklar “Bavariya”ning sobiq bosh murabbiyi Yupp Xaynkesni ko‘zlamoqda. Klub vakillari bu borada Xaynkes bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi.
Izoh (0)