Nigeriya shimoli-sharqidagi Mayduguri shahrida joylashgan bozorlardan birida 10 yoshli qizcha o‘zini portlatishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi va yana 20 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazildi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru“.
Terakt sodir etilishi bo‘yicha javobgarlikni hozircha jangari guruhlardan birortasi o‘z bo‘yniga olmagan.
Qizil Xoch jamiyatining bayonotida aytilishicha, terakt 10-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 12 :40 da sodir etilgan.
Izoh (0)