Yaqin kunlarda Yer aholisi tungi osmonda Merkuriy sayyorasi guvohi bo‘lishi mumkin. Odatda, mazkur “tutqich bermas sayyora”ni Quyoshga yaqin joylashgani bois “qurollanmagan ko‘z” bilan ko‘rib bo‘lmas edi, deb xabar beradi “Rossiyskaya gazeta” “Space.com” axborotiga tayanib.
Orbitasi tuxumsimon shaklda bo‘lgan Merkuriy Quyoshdan eng ko‘pi bilan 69 million kilometr masofaga uzoqlashishi mumkin. Bu holat esa aynan 2015-yilning 11-yanvar kuni sodir bo‘lib, Merkuriyni taxminan bir hafta davomida tungi osmonda ko‘rish mumkin bo‘ladi. Mazkur imkoniyat bulut, smog (tutun) va yorug‘likning sun’iy manbalari yo‘q bo‘lgan sharoitda ko‘payadi.
Merkuriyni ko‘rish uchun Quyosh botganidan bir soat o‘tgach, janubi-g‘arb tomonga qarash kerak. Bunda tungi osmonning eng yorqin jismi bo‘lgan Venera mo‘ljal vazifasini o‘tab beradi: Merkuriy Veneradan biroz pastroqda joylashadi.
Izoh (0)