O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda markazning yetakchi mutaxassisi Feruza Fuzaylova xabar berdi.
8-yanvar kuni Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Bayram dasturi ochiq deb e’lon qilinganidan so‘ng, Mudofaa vazirligi Markaziy Faxriylar Kengashi raisi polkovnik Musalim Nuriddinov so‘zga chiqib, barcha Faxriylar kengashi vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini muborakbod etdi. Shundan so‘ng konsert dasturi boshlandi.
Birin-ketin davraga chiqib kelgan qizaloqlar Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan she’rlarni aytib, barchani xushnud etdi.
Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari va markaz qoshidagi “Jemchujina”, “Aviva”, “Yulduzcha” raqs to‘garaklari a’zolarining chiqishlari tashrif buyurganlar quvonch bag‘ishladi.
Izoh (0)