AQSh Mudofaa vazirligi Yevropa qit’asida joylashgan 15 ta harbiy bazasini yopmoqchi. Bu haqda Pentagonga asoslanib Bloomberg ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”.
Qayd etilishicha, bu 500 million dollar tejash imkonini beradi. Harbiy bazalar kamayishi tufayli Yevropadagi ameraklik harbiylar soni ham 2000 kishiga qisqaradi. Hozirda Yevropada AQShning 74 mingdan ortiq harbiy va fuqarolik mutaxassislari faoliyat ko‘rsatayotgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, Pentagon ko‘p yillardan buyon har yili milliardlab dollarni tejab qolish maqsadida AQShdagi bazalarni ham yopishga harakat qilib kelmoqda. Biroq Kongress ko‘plab harbiylar ishsiz qolishidan qo‘rqib bunga qarshi chiqqan, buning o‘rniga Yevropadagi bazalarni kamaytirishni talab qilgan. Pentagon baholariga ko‘ra, buni amalga oshirish uchun 5−6 yil vaqt ketadi.
Izoh (0)