Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyati Koson shahrida yashovchi fuqaro o‘z uyida yashirin sex tashkil etib, qo‘lbola usulda aroq ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullana boshladi. Alkogolli mahsulotlarni sotishda unga tumanda istiqomat qiluvchi ikki fuqaro yordam berdi, deb xabar beradi “Huquq” gazetasi.

Qashqadaryo viloyati. Foto: O‘zA

Qashqadaryo viloyati. Foto: O‘zA

SVOJJDLQK departamentining Qarshi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida tumandan bo‘lgan ikki fuqaro Damas rusumli avtomobilda qalbaki aksiz marka yopishtirilgan 300 dona “Zelyoniy gorod” nomli aroq mahsulotlarini 1 million 50 ming so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Alkogolli ichimliklar bilan avtomashina ashyoviy dalillar sifatida olib qo‘yildi.

Qo‘lga tushgan fuqarolar surishtiruv jarayonida aroq mahsulotlarini Kosonda yashovchi fuqarodan olgani haqida ko‘rsatma berdi. Ko‘rsatma asosida kosonlik fuqaroning uyi ko‘zdan kechirilib, davlat standartiga javob bermaydigan 754 shisha aroq sotish uchun saqlab qo‘yilgani aniqlandi.

Bu ishga daxldor bo‘lgan yuqoridagi uch fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan ularga tegishli jazo tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi