Samsung kompaniyasi yoshlar uchun mo‘ljallangan yangi Galaxy A5 smartfonini O‘zbekistonda sotuvga chiqardi deb xabar bermoqda “Mobinfo.uz”.
Galaxy A5 smartfoni 6,7 millimetr qalinlikda bo‘lib, to‘liq metall korpusga ega. 5 megapikselli old kamera selfi suratlar olish uchun mo‘ljallangan. Galaxy A5 va smartfoni Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi. Qurilma LTE texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Galaxy A5 smartfonida 5 dyuym 720×1280 pikselli Super AMOLED displey, 1,2 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli protsessor, 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira (+MicroSD), 13 megapikselli orqa kamera, 2300 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilgan.
Ushbu smartfonni “Fleshka” savdo markazidan 1,5 million so‘mga sotib olish mumkin.